Davlat va xususiy sektor hamkorligi qonun bilan mustahkamlanadi
Hozirda O‘zbekistonda davlat va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalasi keng muhokama qilinmoqda. 26 yanvar kuni Xalqaro hamkorlik markazida shu mavzuga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbiri huquqshunoslik fanlari doktori, Huquqiy muammolarni o‘rganish markazining direktori Shamil Asyanovning O‘zbekistondagi davlat va xususiy sektor kelajagiga doir fikrlari bilan qiziqdi.
"O‘zbekistondagi davlat va xususiy sektor hamkorligi kelajagini davlat va xususiy kapitalning faol rivojlanayotgan hamkorlik shaklida ko‘raman. Aksariyat Yevropa mamlakatlari va AQShda bu hamkorlik turi juda rivojlangan. U uy-joy kommunal xo‘jaligi, yo‘llar qurilishi va ta'mirlash sohalarida, ya'ni xususiy investorlarni jalb qilish qulay bo‘lgan xizmatlar talab qilinuvchi, lekin davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur bo‘lgan sohalarda juda qulaydir. Shunda davlat tomonidan muayyan daromad kafolatlanadi. Davlat ish sifatini nazorat qiladi va tabiiyki, uning sifati yuqori bo‘ladi. Shunday ekan, buni o‘zaro manfaatli hamkorlik deb ayta olamiz", - deydi Asyanov.
Shuningdek ekspert Fuqarolik-huquqiy qonunchiligida kutilayotgan o‘zgarishlarga ham to‘xtalib, bu borada hatto takliflar kiritayotganini ta'kidladi:
"Shubhasiz, men bu borada hatto takliflar beryapman. Birinchidan, davlat va xususiy sektor hamkorligiga doir Qonun qabul qilinadi. U hali yetarlicha ishlab chiqilmagan, uni biroz kengaytirish lozim, chunki xususiy sektor hamkorligiga doir shartnomalar aslida fuqarolik-huquqiy shartnomalaridir. Biroq Fuqarolik kodeksida hamkorlikning ushbu shakli yetarlicha ko‘rib chiqilmagan. U yerda ommaviy shartnomalar bor, lekin o‘ylashimcha, davlat va xususiy sektor hamkorligiga alohida bir bob ajratish va bu hamkorlik turining o‘ziga xos jihatlarini qayd etish lozim".
Shamil Asyanovning so‘zlariga ko‘ra, davlat va xususiy sektor hamkorligi rivojlanishi uchun uni shubhasiz qonun bilan mustahkamlash zarur.
"Murakkablik nimada? Fuqarolik-huquqiy shartnomalarini olsak, unda xususiy shaxslar o‘rtasida o‘zaro shartnomalar tuziladi. Ular qonunga muvofiq yo‘l tutishmoqda. Bu yerda esa bir tomondan - xususiy sektor, boshqa tomondan esa - davlat. Ular - teng huquqli hamkorlar emas, bu yerda esa teng huquqli asosda hamkorlik qilishi kerak. Buni, shubhasiz, qonun bilan mustahkamlash zarur", - deya fikriga yakun yasaydi mutaxassis.
Mavzuga oid
09:33 / 17.08.2021
Shavkat Mirziyoyev: «Yirik shaharlarda yangi qurilishlarni shahar tashqarisidagi hududlarda amalga oshirish choralari belgilanmoqda»
09:29 / 17.08.2021
«Men faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma'lumotni bilishni istayman» - Prezident
09:24 / 17.08.2021
Sog‘liqni saqlash tizimida 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingan
09:21 / 17.08.2021