“Bizni eng qiynaydigan masalalardan biri – soğliqni saqlaş sohasidagi korrupsiya holatlaridir. Ötgan yilning özida tizimda 30 milliard sömdan ortiq mablağni talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi va aybdorlar qonuniy jazoga tortildi. Şuning uçun bu sohada ta'sirçan nazorat tizimini örnatişga, avvalo, jamoatçilik nazoratini kuçaytirişga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, odamlar örtasida soğlom turmuş tarzi tamoyillarini keng tarğib etiş nafaqat tibbiyot sohasi, balki butun jamiyatimiz oldidagi dolzarb vazifadir. Har bir inson öz soğligi haqida avvalo özi öylaşi, ğamxörlik qilişi kerak. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi butun yer yuzida, jumladan, yurtimizda ham davom etayotgan hozirgi paytda buning ahamiyati beqiyosdir.

Şu bois beparvolikka, loqaydlikka berilişga aslo haqqimiz yöq. Koronavirus hali ham yonimizda, biz bilan birga yaşamoqda. Şuning uçun mamlakatimizda tegişli tibbiyot markazlari, dori-darmon va himoya vositalarining yetarli zaxirasi şakllantirildi. Hududlarda 60 ta kislorod stansiyasini işga tuşirib, reanimatsiya va intensiv davolaş bölimlarini kislorod bilan uzluksiz ta'minlaş böyiça işlar jadal olib borilmoqda. Yurtimizda vaksina işlab çiqariş böyiça amaliy işlar boşlandi”, dedi davlat rahbari.