Sport | 21:07 / 27.01.2018
5056
1 daqiqa o‘qiladi

Bastian Shvaynshtayger xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi

Foto: Getty Images

«Chikago Fayr» yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger 28 avgust kuni faoliyatidagi so‘nggi, xayrlashuv o‘yinini o‘tkazadi.

Kicker xabariga ko‘ra, tadbir Myunxendagi «Alyants Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi va unda «Bavariya» bilan «Chikago Fayr» bahslashadi. Futbolchi har ikkala klub tarkibida 1 taymdan o‘ynaydi.

«Alyants Arena»ga qaytib, xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishdan juda baxtiyorman. Umid qilamanki, faoliyatimning boshidan beri meni qo‘llab kelgan «Bavariya» muxlislari bilan yana bir bor uchrashaman», - dedi Shvaynshtayger.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid