Keça Myunxenda «Bavariya» va nemis futboli afsonasi Bastian Şvaynştaygerga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Bastian faoliyatining ön beş yilini ötkazgan «Bavariya» va futbolçi bugungi kunda töp surayotgan «Çikago» klubi örtasida xayrlaşuv öyini taşkil qilindi.

Albatta, Şvaynştayger ismi tilga olinganda, beixtiyor «Bavariya» va Germaniya terma jamoasi, bu liboslarda futbolçining ajoyib öyinlari, gollariyu muvaffaqiyatlari köz oldimizga keladi. Karerasi mana şunday yorqin keçgan boşqa futbolçilar ham köp, masalan: Xavi, Inesta, Buffon, Dzanetti, Giggz...

Ammo Bastian Şvaynştayger nomini yanada fenomenga aylantiradigan boşqa hikoya ham bor. Uning «Mançester Yunayted»da ötgan bir yarim yili. Balki hozir ham, keyinçalik ham, bu bir yarim yil futbolçining eng oğir damlari sifatida tasavvur uyğotar, bilmadim. Ammo aynan öşa, Mançesterdagi Bastian haqida köproq gapiriş, uni köproq namuna qiliş kerakdek, nazarimda.  

Özimizga boğliq bölmagan holda bizni ta'qib qiladigan yaxşilik ham, yomonlik ham aslida nisbiy. Biz öz munosabatimiz va harakatlarimiz orqali, har qanday yaxşilikni yomonlikka, yomonlikni yaxşilikka aylantirişga qodirmiz. Boylik isrof tufayli yomonlikka, kasallik esa, sabr tufayli, yaxşilikka aylanganidek…

Bastian Şvaynştayger – nemis futboli afsonasi. Jahon çempioni. «Bavariya» safida 400ga yaqin öyinda maydonga tuşib, 20dan ortiq sovrin yutgan. Uning nomi doim mana şu klub bilan boğlanadi va doim birga tilga olinadi.

U «Mançester Yunayted»ga katta maqsadlar bilan kelgandi, klub muxlislari aynan Bastiandan jamoani eski darajaga qaytişida katta hissa qöşişini umid qilgan bölişsa-da, unday bölib çiqmadi. U jamoa safida atigi 18 öyinda maydonga tuşdi. Faqat 2015 yilning dekabrida «Lester» darvozasiga va 2017 yilning yanvarida «Uigan»ga qarşi keçgan kubok uçraşuvida gol urdi. Lui van Gaal davrida Bastian asosan jarohatlar girdobida qolgan bölsa, Mourino unga işonç bildirmadi. Keyin Bastian Şvaynştayger MLS klubi bilan şartnoma imzolab, AQŞga jönab ketdi. Bir qaraganda, omadsiz transfer. Umuman bekor ketgan ikki yil. Bir qaraganda…

Bilasizmi, Bastian Şvaynştayger kabi futbolçilar faqatgina maydondagi çiroyli öyinlar, gollar yoki golli paslar orqali esda qolmaydi. Ular futbolda sadoqat, jasorat, qat'iyat, professionalizm timsoli böladilar, tom ma'nodagi şaxsiyatga aylanadilar.