Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta boshida O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida qor yog‘ishi kutilmoqda
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tuman tushishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Kechasi 10-15, kunduzi 2-7, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, Samarqand viloyatida qor yog‘adi. Kechasi 9-14, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘ishi kutiladi. Kechasi 7-12 daraja, kunduzi 0-5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
14:05 / 13.06.2026