Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
Parlamentlararo ittifoq (IPU)ning Jyenevada e’lon qilingan 2025 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotida O‘zbekistonning parlament sohasidagi bir qator tashabbuslari ilg‘or tajriba sifatida e’tirof etildi. Xususan, Toshkentda o‘tkazilgan 150-yubiley assambleyasi tashkilotning eng muhim voqealaridan biri sifatida qayd etildi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, 2025 yilning 5–9 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi Markaziy Osiyo tarixida mazkur nufuzli forumga ilk bor mezbonlik qilgan tadbir bo‘ldi. U parlament diplomatiyasi rivojida yangi bosqichni boshlab bergani va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirgani qayd etilgan.
Yillik hisobotda tashkilotning 2025 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish, iqlim o‘zgarishiga oid parlament nazoratini kuchaytirish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifalar sifatida ko‘rsatilgan.
Hujjatda Toshkent assambleyasi yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilgani alohida e’tirof etilgan. Shuningdek, unda ishtirok etgan parlament ayol a’zolari ulushi 37 foizdan oshgani va bu 2022 yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani qayd etilgan.
Hisobotda assambleyaning asosiy yakuniy hujjati hisoblangan Toshkent deklaratsiyasiga ham alohida o‘rin berilgan. Unda parlamentlar kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan siyosatni takomillashtirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalarni samarali huquqiy tartibga solishga chaqirilgani ta’kidlangan.
Bundan tashqari, assambleya doirasida taqdim etilgan «Parlamentlarda gender tengligiga erishish yo‘lidagi 10 ta amaliy harakat» xalqaro tashabbusi ham muhim yangilik sifatida yuqori baholangan.
Hisobotda O‘zbekistonda inson huquqlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazilgani va Oliy Majlis Senati Parlamentlararo ittifoq qarorlarini milliy rivojlanish kun tartibi bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan «yo‘l xaritasi»ni qabul qilgani ham ilg‘or tajribalar qatorida qayd etilgan.
Parlamentlararo ittifoq ekspertlari Oliy Majlis Senatining assambleya tashabbuslari va qarorlarini milliy darajada amalga oshirishga qaratilgan tizimli yondashuvini boshqa parlamentlar uchun namuna sifatida baholagan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026