O‘zbekiston | 20:10 / 28.01.2018
15279
4 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzga tezyurar poyezd boradi

Shahrisabz shahriga tashrifi doirasida Prezident Oqsaroy maydonidagi «Koba» madaniyat majmuasida viloyat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Ushbu loyihalar iqtisodiy jihatdan rang-barang bo‘lib, barchasi aholi farovonligi va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgani ta'kidlangan.

Prezidentga dastlab Qashqadaryo viloyatida 2018-2019 yillarda turizm infratuzilmasi obektlarini barpo etish rejasi taqdim qilindi. Rejaga ko‘ra, 167 ta loyiha amalga oshiriladi. Xususan,zamonaviy mehmonxonalar tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish, dam olish va ko‘ngilochar hududlar tashkil etish, tarixiy-madaniy obidalarni ta'mirlash ko‘zda tutilgan. «O‘zbekturizm» kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan loyihalardan yana biri eko va etno turizmni rivojlantirish, Amir Temur tug‘ilgan maskanni turizm maskaniga aylantirishga qaratilgan. 

Davlati rahbari bugun dunyoda ko‘plab davlatlar bu sohani o‘zlashtirib, katta daromad olayotganini ta'kidlab, yurtimizdagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Yana bir muhim tashabbus Qashqadaryo viloyati ko‘p qavatli uy-joy fondini ta'mirlash dasturini amalga oshirish hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. Viloyatda jami 1 ming 656 ta ko‘p qavatli uy-joy bo‘lib, ularga 151 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 346 ta ko‘p qavatli uy-joy ta'mirlangan. Tijorat banklari tomonidan 13 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Joriy yilgi dasturda 48,1 milliard so‘m jalb etish ko‘zda tutilgan.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq to‘lovchilar soni, yirik korxonalar tomonidan byudjyetga to‘lanadigan to‘lovlar, joriy yilgi prognoz ko‘rsatkichlar haqidagi ma'lumotlar navbatdagi taqdimotda namoyish etilgan.

Shavkat Mirziyoyevga jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obektlari va yer maydonlarini hisobga olish va soliq undirish hisobidan byudjyetga tushumlar, tuman va shahar soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmalari to‘g‘risidagi loyihalarni soha rahbarlari taqdim qilgan. Davlat rahbari bu borada ularning takliflarini tinglar ekan, bu borada zarur ko‘rsatmalar berdi, takliflar bildirgan.

Viloyatda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash loyihasida ichimlik suvi olish inshootlarini qurish, 77 kilometr magistraltarmog‘i, 162 kilometr ichki tarmoq tortish, 16 ta suv taqsimlash inshooti qurish ko‘zda tutilgan.

Toshguzar-Shahrisabz-Kitob temir yo‘lini modernizatsiya qilish va elektrlashtirishni nazarda tutuvchi loyiha Shahrisabz shahrigacha tezyurar poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident joriy yil 1 avgustgacha  «Afrosiyob» poyezdi qatnovini Shahrisabzgacha yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

«Bugungi kunda viloyat aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘la ta'minlanmagani achinarli holat. Bu dolzarb masalani qisqa vaqtda hal qilish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim», degan prezident.

Shahrisabz shahri va tumanida mehnat bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga alohida e'tibor qaratildi. Loyihada vaqtincha ishsizlar haqida ma'lumot, kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish, kasblarga bo‘lgan talab kabi ma'lumotlar o‘rin olgan.

Prezidentimiz ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kuning muhim masalasi ekanini alohida ta'kidladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi