Şavkat Mirziyoyev 19 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi çoğida Qarşi şahridan Şahrisabzga poyezdda bordi va mahalliy faollar bilan muloqotda böldi.
Suhbatda özgarişlar, aholi hayoti, bugungi tinçlik qadri haqida söz bordi.
Prezident iqtisodiyot rivoji, aholi kayfiyatida yöllarning ahamiyati yuqori ekanini ta’kidlab, bu borada mutasaddilarga topşiriqlar berdi. Oxirgi 2 yilda yurtimizda 40 ming kilometr yöl va 540 ta köprik ta’mirlangan. Bu yil Qaşqadaryoda jami 100 kilometr magistral yöllar ta’mirlanişi rejalaştirilgan. Bu loyihalarni tezlaştiriş, yöl böylarini obodonlaştiriş böyiça körsatmalar berildi.


Faollar bu özgarişlarni xalqimiz öz hayotida sezayotgani, islohotlarga yuqori baho berayotganini aytdi. Xotin-qizlar vakili barça sohalarda ayollarga keng imkoniyatlar berilgani, natijada ular öz oilasi va mehnat jamoalarida qadr topib, hayotidan rozi bölib yaşayotganini sözlab berdi.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Şahrisabz şahridagi köp tarmoqli kardiologiya markazi faoliyati bilan tanişdi.

Rossiyalik tadbirkor bilan hamkorlikda taşkil etilgan «Oq saroy» klinikasi yaqinda işga tuşdi. Bu yerda 4 ta jarrohlik va 6 ta reanimatsiya xonalari, 100 dan ortiq şifo örinlari mavjud. Bir vaqtning özida 4 ta va kuniga 25 tagaça yuqori texnologiyali kardiojarrohlik amaliyotlarini ötkaziş imkoniyati yaratilgan. Buning uçun Rossiya, Turkiya va Kuvaytdan malakali şifokorlar işga jalb etilgan. Stentlaş, aorta koronar şuntlaş, tuğma nuqsonlarni bartaraf etiş, endoprotezlaş kabi davolar samarasi yuqori.
Markaz yuqori aniqlikda taşxis xizmati ham körsatadi. Masalan, zamonaviy exokardiografiya uskunasi sun’iy intellekt yordamida işlaydi. Bunaqasi hozirça Özbekistonda yagona.
Davlat rahbari bunday innovatsion klinikalar tibbiyotda sifat va dunyoqaraşni özgartirişi, boşqalarni ham transformatsiyaga undaşini ta’kidladi.













