Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi xususiy bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta'lim muassasasida bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Vunderkind» nomli mazkur bog‘chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o‘rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Prezident mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25ta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo‘lib chiqishini ta'minlashdir», degan davlat rahbari.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta'lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024