Taqdim etilgan takliflarga köra, maktabgaça ta’lim bilan qamrovi 80 foizdan past bölgan tuman va şaharlarda (Toşkent şahri bundan mustasno) tadbirkorlar uçun qator qöllab-quvvatlaş çoralari joriy etiladi.
Jumladan, maktab va boğçalar hududidagi böş yer maydonlarida davlat-xususiy şeriklik asosida boğçalar taşkil etilganda, ijara tölovlari 30 yilgaça undirilmaydi. Şuningdek, har bir tarbiyalanuvçi uçun davlat boğçalarida bir bolaga töğri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Uşbu tartib 2024 yildan taşkil etilgan nodavlat boğçalarga ham tatbiq etiladi.
Quvvati kamida 150 örinli nodavlat boğçalar taşkil etilgan taqdirda, 7 yilgaça muddatga 5 milliard sömgaça imtiyozli kreditlar ajratiladi. Şu bilan birga, tarbiyaçilarga oylik iş haqi tölaş xarajatlari davlat boğçalarida belgilangan me’yorlar asosida uç yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyaçi ştati hisoblanadi.
Bundan taşqari, 2030 yil 1 yanvarga qadar quvvati 150 örindan kam bölmagan nodavlat boğçalar taşkil etgan tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliq stavkasi böyiça yengilliklar beriş ham közda tutilgan.
Davlat rahbari takliflarni puxta işlab çiqiş va bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş orqali maktabgaça ta’lim qamrovini oşiriş hamda sifatni ta’minlaş muhimligini ta’kidladi.








