Jahon | 20:50 / 30.01.2018
8430
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada kenguru bir sakrab velosipedchini yiqitib yubordi (video)   

Internetda Avstraliyada yo‘lni sakrab o‘tayotgan kenguru ayol velosipedchi bilan to‘qnashib ketgani videosi paydo bo‘ldi.    

Kvinslend shtatida yuz bergan voqeani ayolning ortidan kelayotgan tanishi suratga olgan. Videoda bir guruh velosipedchilar bo‘sh yo‘ldan ketayotganlarida to‘satdan butalar orasidan kenguru chiqib, ayol velosipedchi bilan to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin. Bunday zarbadan ayol muvozanatini yo‘qotib, yerga yiqiladi. Shundan keyin kenguru g‘oyib bo‘ladi.

Bu kutilmagan to‘qnashuv oqibatida velosipedchi yelkasi va tizzasidan jarohat olgan va  shifoxonaga yetkazilgan.

Mavzuga oid