Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:30 / 30.01.2018
7845
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyada Serxio Ramosning rekordi yangilanadi
Foto: Twitter/@realmadrid
«Real Sosedad» himoyachisi Inigo Martines «Atletik» klubiga o‘tadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Bilbao klubi futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 32 million yevroga teng tovon pulini to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib oladi.
Natijada, Martines Ispaniya chempionatining eng qimmat himoyachisiga aylanadi va Serxio Ramos rekordini yangilaydi.
Bundan tashqari, futbolchi yiliga 5 million yevro maosh bilan «Atletik»ning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisi bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish