14:40 / 30.01.2018
17027

Sardor Rashidov Fransiya chempionatida to‘p surishi mumkin

Foto: Al-Jaziyra klubi matbuot xizmati

O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sanalgan Sardor Rashidov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Futbol-Ekspress» nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, futbolchi amaldagi jamoa BAAning «Al-Jaziyra» klubi bilan bitimni bekor qilgan. Futbolchi amirliklar safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli jamoani tark etishga qaror qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Rashidovga ayni vaqtda Fransiyaning «Renn» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha bu transfer borasida boshqa xabarlar ma'lum emas.

Bungacha Rashidov Qatarning «Al-Jayish» tarkibida to‘p surgan va o‘shanda jamoa bosh murabbiyi fransiyalik Sabri Lyamushi edi. Hozirda esa Lyamushi aynan «Renn» klubini boshqarmoqda va futbolchini jiddiy qiziqish bildirgan. Shu kunlarda bu masala ham oydinlashishi kutilmoqda.

Top