22:40 / 31.01.2018
5754

«Manchester Siti» Mahrez transferidan voz kechdi

«Lester» yarim himoyachisi Riyoz Mahrez bu qishda «Manchester Siti»ga o‘tmaydigan bo‘ldi.

Sky Sports ma'lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» ushbu 26 yoshli jazoirlik futbolchi uchun uchinchi marta taklif yuborgan, «tulkilar» jamoasi rahbariyati 65 mln funtlik taklifni ham rad etgach (ular futbolchi uchun 95 mln funt so‘rashgan), jamoa futbolchini xarid qilish fikridan qaytgan.

«Manchester Siti» uchinchi taklifida 65 million funtdan tashqari «Lester»ga Mangalyani ijaraga bermoqchi ham edi.

Bundan avvalroq Leroy Sane jarohat olib, safdan chiqqani tufayli yarim himoyachiga ehtiyoj sezgan «Manchester Siti» «Lester»ga 55 va 60 million funtlik takliflar ham yo‘llagan, lekin rad qilingandi.

Top