Ravshan Haydarov terma jamoa bosh murabbiy bo‘lishi ehtimoli haqida gapirdi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Menimcha, milliy terma jamoaga neytral (xorijlik murabbiy nazarda tutildi — Tribuna.Uz izohi), tajribali, taniqli murabbiy kelgani yaxshi. Hozirgi zamon shuni talab qilmoqda.
Agar men bosh murabbiy bo‘lishim haqida gap ketsa, hozir aynan o‘z joyimdaman, deb hisoblayman. Aynan mana shu yoshlar terma jamoasida munosib ishimni topdim, deb o‘ylayman.
Shu jamoadan bir qancha futbolchilar terma jamoaga o‘tib ketib, asosiy tarkibda o‘ynab ketsa xursand bo‘laman. Chunki eng asosiy maqsadimiz ham shu. Maqsad terma jamoaga yangi nomzodlar yetkazib berish. Bu borada qo‘limdan kelguncha yordam berishga tayyorman», deya gapirib o‘tdi Haydarov «Oriat Dono» radiosiga bergan intervyusida.
Mavzuga oid
07:46 / 17.05.2024
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida
19:16 / 02.05.2024
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida
10:17 / 17.04.2024
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor
17:17 / 26.12.2023