Jahon | 08:01 / 03.02.2018
15726
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiya prezidenti 69 yoshida yana ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi

Foto: Yle

Yanvar oxirida ikkinchi muddatga qayta saylangan Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo 69 yoshida yana ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda uning devonxonasi ma'lum qildi.

“Prezident Sauli Niinistyo va uning rafiqasi Yyenni Xaukioda 2 fevralda soat 20:00da o‘g‘il farzand tug‘ildi. Tug‘uruqqa guvoh bo‘lgan otaning aytishicha, ona va bola o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar”, deyilgan xabarda. 

Niinistyo Finlyandiyani 2012 yildan boshqarib keladi. Xaukio Niinistyoning ikkinchi rafiqasi bo‘lib, juftlik 2009 yil yanvarda turmush qurgan. Prezidentning birinchi rafiqasi 1995 yilda yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan.   

Niinistyoning birinchi turmushidan 1975 va 1980 yillarda tug‘ilgan ikki o‘g‘il farzandi bor. Uning 40 yoshli rafiqasi birinchi marta farzand ko‘rdi. 

Mavzuga oid