Xitoyda 100 mingdan ko‘proq musulmon siyosiy lagerlarga jo‘natildi – OAV
Xitoyda 120 mingga yaqin musulmon uyg‘urlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi Qashg‘ar shahrida joylashgan siyosiy ta'lim lagerlariga jo‘natildilar. Bu haqda Radio Free Asia’ga iqtibos keltirgan holda CNN xabar bermoqda.
Xitoy hukumati mamlakatning eng katta viloyatlaridan biri bo‘lgan hamda asosiy din islom hisoblangan Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida o‘n minglab uyg‘urlar qayta tarbiyalanayotgan siyosiy lagerlar yaratdi. U yerda uyg‘urlar inqilobiy qo‘shiqlar kuylashadi, Xitoy raisi Si Tszinpin ishlarini o‘rganishadi, xitoy tilida so‘zlashishga majbur qilinishadi.
Markaziy hukumatning bunday xatti-harakatlari inson huquqlari uchun kurashuvchilar va mahalliy aholi tomonidan keskin tanqidga uchramoqda. “Har bir hovlidan, har bir oiladan 3-4 kishidan olib ketilmoqda. Ba'zi qishloqlarda umuman erkaklar qolmadi, faqatgina ayollar va bolalar qoldi, barcha erkaklar lagerlarga olib ketildi”, deb aytdi Butunjahon uyg‘ur kongressi raisi Umar Qanot.
Faollarning ta'kidlashicha, Si Tszinpinni qo‘llab-quvvatlovchi mahalliy hokimiyatning bu ishi qonunga zid keladi. Hukumat potensial xavfli uyg‘urlarni nafaqat hibsga olib, qamoqlarga jo‘natmoqda, balki barcha yerda kuzatuv kameralari o‘rnatib, transport vositalariga majburiy ravishda GPS-datchiklar o‘rnatmoqda, 16 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan aholidan DNK-namunalari yig‘moqda.
Xitoyga Sintszyan-Uyg‘ur muxtor viloyati orqali Afg‘oniston va Pokistondan radikal kayfiyatdagi unsurlar kiradi. Ta'kidlanishicha, Xitoy hukumatining ushbu choralari terrorchilikka qarshi kurash va viloyatning musulmon aholisini nazorat qilishga qaratilgan.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023