Sport | 20:31 / 03.02.2018
24630
1 daqiqa o‘qiladi

OCh-2018. O‘zbekiston futzal terma jamoasi muddatidan avval chorakfinalga chiqdi

Foto: the-AFC

Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Yaponiya terma jamoasi Janubiy Koreyani 5:2 hisobida taslim etdi. Natijada, 2 turdan so‘ng, O‘zbekiston va Yaponiya terma jamoalari 6 ochko jamg‘arib, muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldilar.

5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 3-turda O‘zbekiston Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin guruhda qaysi jamoa birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallashini aniqlab beradi.

Guruh g‘oliblari chorakfinalda «A» guruhida 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalarga qarshi maydonga tushadi. Ayni paytda, Xitoy Taypeyi va Malayziya bu kvartetda peshqadamlik qilyaptilar.

Mavzuga oid