Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ufada O‘zbekiston fuqarosi uch yil qullikda saqlangani ma'lum bo‘ldi
Rossiyaning Ufa shahrida yashovchi shaxslar O‘zbekistondan Rossiyaga ish izlab kelgan erkakni uch yil qullikda saqlashgan. Uni «Alternativa» qullikka qarshi harakati ko‘ngillilari qutqarishdi, deb yozmoqda «Takiye Dela» nashri tashkilot rahbari Oleg Melnikovga asosan.
Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 35 yoshli migrant bir necha yil muqaddam Ufaga pul ishlab topish maqsadida kelgan. U o‘zini qurilish firmasi rahbarlari sifatida tanishtirgan shaxslar bilan tanishib qolgan. Ular erkakning hujjatlarini tortib olib, o‘zini kvartiraga qamab qo‘yishgan. U yerdan esa o‘zbekistonlik migrant har kuni qurilishda tekinga ishlash uchun olib borilgan.
Qullikda bo‘lgan migrant haqida faollar mahalliy huquq himoyachilaridan xabar topishdi. Erkak o‘ziga tahdid qilishgani tufayli politsiyaga murojaat qilmagan. «Qutqaruv amaliyotini erkak rus tilini yaxshi bilmasligi biroz mushkullashtirdi, u faqatgina o‘zini saqlashayotgan ko‘cha hamda kvartira raqamini ayta oldi. O‘sha ko‘chada esa 14 ta ko‘p qavatli uy bor! Amaliyot 1 fevraldan 2 fevralga o‘tar kechasi o‘tkazildi, unda politsiyachilar qatnashmadi», - deya aytib o‘tdi nashrga «Alternativa» yetakchisi.
Endilikda qutqarilgan migrant Rossiyada ishlashga ruxsat beruvchi hujjatning muddati o‘tib ketgani uchun jarima to‘lashi lozim. Shundan so‘ng u O‘zbekistonga qaytishi mumkin.
Mavzuga oid
09:17 / 08.02.2026
Ufada o‘smir xorijlik talabalar yashaydigan yotoqxonaga pichoq bilan hujum qildi
11:07 / 04.11.2025
Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi
22:54 / 20.09.2025
Kiyevda qullikda ushlab turilgan o‘zbekistonliklar ishi bo‘yicha Ukraina TIV va bosh prokuroriga notalar yuborildi
20:22 / 19.09.2025