Rossiyaning Ufa şahrida 15 yoşli ösmir Boşqirdiston davlat tibbiyot universiteti yotoqxonasida hujum uyuştirdi. U piçoq, kastet va qalampirli ballon bilan qurollangandi.
Uşbu ösmir yotoqxona hududiga kirib borib, avvaliga e’tiborni tortiş uçun petarda portlatgan, keyin esa odamlarga taşlangan. Voqea joyida olingan foto va videolarga köra, u bino böylab yugurib yurgan va bir neça xonada qonli izlar qoldirgan.
Hujum oqibatida olti kişi jabrlangan. Şundan tört nafari – 21 yoşdan 24 yoşgaça bölgan talabalar piçoqda yetkazilgan jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yana bir kişi – ösmirni binoga kirişda töxtatişga uringan 35 yoşli qöriqçining yuzi va bel qismida ham tiğ orqali yetkazilgan jarohatlar aniqlangan. U ham şifoxonada. Unga qalampirli ballon işlatilişi oqibatida közidan kimyoviy kuyiş jarohati taşxisi ham qöyilgan.
Oltinçi jabrlanuvçi – voyaga yetmagan bola bölib, böyni va qölida tiğ bilan jarohat yetkazilgan, u ham şifoxonaga yotqizilgan.

Jabrlanuvçilarning rasmiy röyxati hozirça e’lon qilinmadi.
Hujum qilgan ösmir qölga olingan va şifoxonaga yotqizilgan. IIV ma’lumotiga köra, u öziga jarohat yetkazişga uringan. U oğir ahvolda bolalar şifoxonasida qolmoqda.
Mazkur holat yuzasidan ikki yoki undan ortiq şaxsni öldirişga suiqasd qiliş va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimining hayotiga tajovuz qiliş moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Guvohlarning sözlariga köra, hujum qilgan şaxs irqçilik ruhidagi haqoratlar va millatçilik ruhidagi şiorlarni aytib baqirgan. Yotoqxonada asosan Hindistondan, şuningdek, Afrikadan kelgan çet ellik talabalar yaşaydi.
Boşqirdiston davlat tibbiyot universiteti rektori Valentin Pavlov jabrlanuvçilardan tört nafari Hindiston fuqarolari ekanini tasdiqladi. Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirov jabrlanuvçilarning yaqinlari Rossiyaga kelişida yordam körsatişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shot ma’lumotiga köra, hujum uyuştirgan ösmirning ismi-şarifi Aleksandr. «Novosti. Ufa Başkortostan» öz manbasiga tayanib yozişiça, u onasi hamda buvisi bilan yaşagan va «oila juda qaşşoq» hisoblanadi.













