08:54 / 08.02.2018
10839

«Sevilya» Ispaniya Kubogi finalida raqibini kutmoqda

Ispaniya Kubogining yarim finalidagi ikkinchi uchrashuvda «Sevilya» «Leganes» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Sevilyadagi «Ramon Sanches Pisxuan» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi — 2:0.

Andalusiyaliklar jamoasi o‘yinning 15-daqiqasida Xoakin Korreaning goli evaziga oldinga chiqishdi. O‘yin oxirida Franko Vaskes ikkinchi golni urdi.

31 yanvar kuni Leganesda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda kuchlar teng kelgandi – 1:1.

Shu tariqa, andalusiyaliklar klubi turnir finaliga 21-asrda 4-marta chiqmoqda (bungacha 2007, 2010 va 2016 yillarda). 2007 va 2010 yillarda «Sevilya» Kubok g‘olibi bo‘lgan.

Endi «Sevilya» Ispaniya Kubogi finalida «Barselona» va «Valensiya» juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Barselonada kechgan birinchi o‘yinda Ernesto Valverde shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Ispaniya Kubogi
1/2 final
Javob uchrashuvi

Sevilya – Leganes 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Korrea, 2:0 – 89 Vaskes.
Sevilya – Riko, Langle, Merkado, Eskudero, Navas, Banega (Pisarro, 84), Nzonzi, Sarabiya (Layyun, 74), Vaskes, Korrea, Muriel (Sandro Ramires, 80).
Leganes – Shampan, Bustinsa, Riko, Tito (Mantovani, 84), Siovas, Pires, Peres, El-Jar, Eraso (Brashanats, 58), Amrabat (Raul Garsiya, 73), Bovyu.
Ogohlantirish: Amrabat (50).
Birinchi o‘yin: 1:1

Mavzuga oid
Top