Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida Yevropa Ligasi finali bölib ötdi. Unda Ispaniyaning «Sevilya» va Italiyaning «Roma» klublari özaro töqnaş kelişdi.
Birinçi bölimda Dibala hisobni oçgan bölsa, ikkinçi bölimda Mançini öz darvozasini işğol etişi natijasida muvozanat tiklandi. Qolgan daqiqalar va qöşimça bölimlarda hisob özgarmay qoldi, penaltilar seriyasida esa omad «Sevilya»ga kulib boqdi. Rimliklardan Mançinining zarbasini Bunu qaytardi, Ibanes darvoza ustunini nişonga oldi.
Şu tariqa «Sevilya» öz tarixida 7-bor Yevropa Ligasi ğolibligini qölga kiritdi va ğalaba orqali Çempionlar Ligasiga yöllanma oldi. Andalusiya klubi bu turnirda birorta finalda yutqazmagan. Rimliklar ustozi Joze Mourino esa yevrokuboklar finalida (Superkubokni qöşmaganda) ilk bor mağlubiyatga uçradi.
Yevropa Ligasi. Final
Sevilya — Roma 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:1.
31 may, «Puşkaş Arena»
Gollar: Mançini (55, avtogol) — Dibala (35).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao, 120+8), Telles (Rekik, 95), Rakitiç, Fernando (Xordan, 120+8), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), An-Nosiri.
Roma – Patrisiu, Çelik (Zalevski, 91), Smolling, Mançini, Rojyer, Spinatssola (Lorente, 106), Matiç (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (El-Şaaravi, 106), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).
Ogohlantirişlar: Matiç (22), , Pellegrini (45), Mançini (48), Kristante (65), Rakitiç (65), Çelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Xordan (120), Montel (120+4), Okampos (120+10).











