Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook ijtimoiy tarmoqda muvaffaqiyatli guruhlar tashkil etganlarga grantlar ajratadi
Facebook kompaniyasi umumiy qiymati 10 mln dollarlik grantlar dasturlarini joriy qilganini e'lon qildi. Mablag‘lar ijtimoiy tarmoqda muvaffaqiyatli guruhlar tashkil etganlarga taqdim qilinadi.
Eng yaxshi beshta guruh asoschilari o‘z loyihalarini moliyalashtirish uchun 1 mln dollardan olishadi. Yana 100 ta guruh ma'murlariga 50 ming dollargacha grantlar beriladi.
“Biz odamlar uchun muhim bo‘lgan hamjamiyatlar izlamoqdamiz”, deb aytgan Facebook’ning guruhlar va hamjamiyatlar uchun javobgar bo‘limi boshlig‘i Jyennifer Dalski.
Dalskining aytishicha, grantlar olish uchun tanlovda butun dunyodan guruhlar ma'murlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar mustaqil ekspertlar va Facebook xodimlaridan iborat komissiya tomondan tanlanadi.
2017 yil iyunda Facebook asoschisi Mark Tsukerberg kompaniyaning yangi missiyasi “dunyoni birlashtirish” hisoblanishini aytgan. Tsukerberg ijtimoiy tarmoq oldida milliardlab odamlarga qiziqish bo‘yicha turli hamjamiyatlarga qo‘shilishda yordam berish vazifasini qo‘ygan.
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqning bir oylik auditoriyasi 2 mlrd foydalanuvchidan oshadi.
Mavzuga oid
10:31 / 31.05.2026
“Erkinlikdan ko‘ra tartib ustun bo‘lgan”: MIT PhD dasturiga 100 foizlik grant yutgan Munisa Jumanova hikoyasi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
14:52 / 09.11.2025