Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
11 yoshli bolaning qo‘lida shilliqqurt o‘sib chiqdi
Foto: RIA Novosti / Vladimir Trefilov
Amerikalik shifokorlar 11 yoshli bolaning qo‘lida dengiz shilliqqurti o‘sib chiqqanini aniqlashdi. Shilliqqurt bolaning qo‘liga u suv havzasida yaralanganda tushgan. Avval tibbiy adabiyotlarda hujjatlashtirilmagan bu noyob hodisa haqida shifokorlar BMJ jurnalida so‘zlab berishgan.
Shilliqqurt shifokorlar bola qo‘lidagi yiringlab ketgan yarani yorib ko‘rishmaguncha, unda sekin-asta o‘sib borgan. Yara yorilganda shilliqqurt o‘lchami 4 millimetrni tashkil qilgan.
Bolaga shilliqqurtni o‘zida saqlab qolishga ruxsat berishgan, biroq shilliqqurt bir kundan keyin nobud bo‘lgan.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, bu holat yiringli yaralarni yorish va undan yiringni chiqarib tashlash hamda kelgusida bunday holatlarni kuzatish uchun kasallik tarixini sinchkovlik bilan o‘rganish muhimligini isbotlaydi.