11 yoşli bolaning qotilligida aybdor deb topilgan amerikalik Denni Xaynrix 20 yillik qamoq jazosiga tortildi. Bolaning 27 yil avval öğirlab ketilişi AQŞ federal qonunçiligiga özgartiriş kiritilişiga sabab bölgan.

Jyeykob Vetterling ismli bola 1989 yilda Minnesota ştatida joylaşgan Sent-Jozef şahridagi uyi yaqinida öğirlab ketilgan. Bolani niqobda bölgan noma'lum kimsa u akasi va dösti bilan velosipedda uçib yurganda öğirlab ketgan. Öşandan keyin bolani heç kim körmagan.

Joriy yilning sentabrida politsiya bolaning suyaklarini topgani va uni identifikatsiya qilganini ma'lum qilgan. "Assoşieyted Press" axborot agentligining ma'lum qilişiça, bolaning jasadi kömilgan joyni 53 yoşli Xaynrix tergov bilan hamkorlik qiliş doirasida körsatgan.  

Erkak ötgan yili bolalar pornografiyasi işi böyiça hibsga olingan, biroq 2016 yil yozida Vetterlingning öğirlanişi böyiça öz aybini tan oluvçi körsatmalar bera boşlagan.

Tergov bilan kelişuv doirasida u qotillikda ayblanmagan, unga bolalar pornografiyasi böyiça maksimal qamoq jazosi belgilangan.

11 yoşli bolaning öğirlanişi AQŞda keng jamoatçilik rezonansiga sabab bölgan. Kongress 1994 yilda Jyeykob Vetterling qonunini qabul qilgan, unga köra ştatlarga jinsiy xarakterdagi jinoyatlarni amalga oşirgan barça şaxslar hisobotini olib boriş majburiyati qöyilgan.