Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» yana ochko yo‘qotdi
Ispaniya chempionatining 23-turida «Barselona» «Xetafe»ni yenga olmadi. «Kamp Nou» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmay qoldi - 0:0.
Shu tariqa, katalonlar jamoasi Primera o‘yinida qatorasiga ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi. O‘tgan turda «Barselona» «Espanol» uyida g‘alaba qozona olmagandi (1:1). «Xetafe» Ispaniya chempionatida qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda durang o‘ynadi.
«Barselona» endilikda 59 ochkosi bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, ikkinchi o‘rindagi «Atletiko» bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil qilmoqda, «Xetafe» 30 ochkosi bilan o‘ninchi o‘rinda.
Ispaniya chempionati
23-tur
Barselona – Xetafe 0:0 (0:0, 0:0)
Barselona – ter Stegen, Din, Mina, Alba, Serdji Roberto, Buskets (Paulino, 82), Rakitich, Koutino (Inesta, 62), Messi, Suares, Pako Alkaser (Dembele, 63).
Xetafe – Guaita, Bruno Gonsales, Antunesh, Suares, Dakonam, Portilo, Arambarri, Fajr, Sibasaki (Kabrera, 88), Dediu (Molina, 85), Anxel (Flamini, 78).
Ogohlantirishlar: Arambarri (44), Buskets (54), Antunesh (65), Mina (90), Guaita (90).
Mavzuga oid
11:38
«Barsa» derbida yutqazdi va peshqadamlikni boy berdi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026