O‘zbekiston | 14:53 / 12.02.2018
66453
1 daqiqa o‘qiladi

13-15 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo massasi kirib keladi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Foto: KUN.UZ

13-15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Eron va Turkmaniston tumanlaridan namli ob-havo massasi kirib keladi. Buning oqibatida O‘zbekiston hududida sovuq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.

Jumladan, 13-15 fevral kunlar mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi, 13-14 fevralda yomg‘ir yog‘sa, 15 fevral kuni qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda 14-15 fevral kunlari kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

Shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrga, ayrim joylarda 23-28 metrga yetadi.

15 fevral kuni havo harorati 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid