Joriy haftada Özbekistonning katta qismida kunduzi +40…+43 daraja issiq bölişi kutilmoqda. Yoğingarçiliksiz va quruq ob-havo qişloq xöjaligi uçun qator xavflarni yuzaga keltirişi mumkin. Ayniqsa, suğoriş, hosil yiğim-terimi va çorvaçilikda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.
+40 darajadan yuqori kunduzgi issiqlik va tungi dim havo tuproqdan namlikning tez buğlanişiga olib keladi. Bu paxta, sabzavot, poliz va boğdorçilik ekinlarida suvga bölgan ehtiyojni oşirişi, namlik tanqisligiga sezgir maydonlarda esa issiqlik stressini keltirib çiqarişi mumkin.
Mutaxassislar suğoriş işlarini ertalabki yoki keçki soatlarda taşkil etişni, tuproq namligini muntazam nazorat qilişni, yangi ekilgan köçatlarni quyoş ta’siridan muhofaza qiliş va çorva mollarini kunning eng issiq soatlarida soyada saqlaş hamda yetarli içimlik suvi bilan ta’minlaşni tavsiya etadi.
Jazirama davrida hosil yiğim-terimi va dala işlarini ham imkoni boriça salqin vaqtlarga rejalaştiriş maqsadga muvofiqdir.











