Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tartibi töğrisidagi hukumat qarori loyihasi Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylaştirildi.

Loyiha bilan xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi 1992 yil 1 yanvardan söng berilgan hujjatlarni tan oliş hamda ularni nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tartibini belgilaş nazarda tutilgan.

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) deganda vakolatli davlat organlari tomonidan uşbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilaş va ularga Özbekiston Respublikasining ta'lim töğrisidagi hujjatlariga ega bölgan şaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilişi tuşuniladi.

Xorijiy davlatlarda kasb-hunar va oliy ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) hamda tegişli guvohnoma beriş bevosita Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

Xorijiy davlatlarning umumiy örta va örta maxsus ta'lim töğrisidagi hujjatlarini tan oliş Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari va Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasida taşkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oşiriladi.

Loyihada nazarda tutilişiça, xorijiy davlatlarda umumiy örta ta'lim (9-sinf) bosqiçidan keyin 10, 11 va undan yuqori sinflarni tugallamasdan kelgan fuqarolarning ta'lim hujjatlari (ma'lumotnoma yoki baholar tabeli)ni tan oliş Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari va Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasida taşkil etiladigan komissiyalar tomonidan amalga oşiriladi.

Xorijiy davlatlarning umumiy örta va örta maxsus ma'lumot töğrisidagi hujjatlarini tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) tegişli komissiyalar tomonidan ariza va ma'lumot töğrisidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan kundan boşlab eng köpi bilan ikki hafta muddatda amalga oşiriladi.

Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) quyidagi hollarda töğridan-töğri (maxsus sinovlarsiz) amalga oşiriladi: