Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş böyiça test sinovlarini Bilim va malakalarni baholaş agentligi ötkazadi. Testda iştirok etişi belgilangan talabgorlar röyxati, test topşiriladigan fanlar va test topşiriş hududi bilan uşbu faylda töliq tanişiş mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali röyxatdan ötişda topşirgan ariza raqami orqali).
Test sinovlari talabgorlarga qulay bölişi uçun ularning doimiy yaşaş hududiga yaqin bölgan respublikaning 6 ta hududida taşkil etiladi. Test sinovi ötkaziladigan joylar röyxati bu yerda körsatilgan.
Agentlik talabgorlardan imtihon ötkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan keçikmagan holda şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelişni sörgan.
Ma’lumot uçun, 2023 yil mart oyidan boşlab xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan amalga oşirilmoqda.













