Sport | 17:00 / 13.02.2018
12162
3 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» bugun Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokni boshlaydi

Foto: FCNasaf.uz

Bugun, 13 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasining 1-turida «Nasaf» Eronning «Persepolis» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

O‘yin Tehron shahridagi «Ozodiy» stadionida soat 18:45da boshlanadi.

Kecha jamoa «Ozodiy»da o‘yinoldi mashg‘ulotini ham o‘tkazdi. Unda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. 

O‘yindan oldingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

«Biz kuchli raqib bilan o‘ynaymiz va yaxshi o‘yinimizni namoyish qilib, muhim bo‘lgan ijobiy natija uchun kurashamiz. Oldimizda guruh bosqichiga chiqish vazifasi turgan edi, biz pley-offda kuchli raqib bilan bahs olib bordik va maqsadimizga erishdik. Endi biz guruh bosqichida ishtirok etayapmiz, unda kuchli jamoalar yig‘ilgan. 

Jamomizda ko‘plab yosh futbolchilar to‘p tepishadi. Ularda ishtiyoq juda kuchli va ertaga bo‘ladigan o‘yin ular uchun sinov vazifasini ham o‘tab beradi. Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik va futbolchilarimizga kerakli ko‘rsatmalarni berdik.

Bizni durang qoniqtiradimi? Futbolchilarimiz hujumkor o‘yinni yaxshi o‘zlashtirishgan, yuqorida ta'kidlaganimdek, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz.

«Nasaf» himoyaviy o‘yinni yoqtirmaydigan jamoa hisoblanadi. Agar hujum qilmasang, gol ham ura olmaysan va kerakli natijaga ham erisha olmaysan. Albatta himoya ham kerak, ammo biz ertaga 90 daqiqa himoyada o‘ynamoqchi emasmiz».

OChL-2018. «S» guruhi, 1-tur
Persepolis (Eron) – Nasaf (O‘zbekiston)

13.02.2018. Tehron sh. «Ozodiy» stadioni. 18:45
Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)
Zaxira hakami: Dmitriy Mashentsev (Qirg‘iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur)

Mavzuga oid