Sport | 16:02 / 13.02.2018
22172
7 daqiqa o‘qiladi

«Siti» «bir oyog‘i bilan» chorak finalda, Keyn esa Turin devori qarshisida. YeChLda bugungi o‘yinlar anonsi

«Tribuna» bugungi Chempionlar ligasi o‘yinlari anonsini taqdim etadi. Bugun turnir nimchorak finali doirasida «Yuventus» «Tottenhem»ni qabul qiladi, «Manchester Siti» Shveytsariyada «Bazel» mehmoni bo‘ladi. Ikkinchi juftlikda barchasi amalda aniq bo‘lsa, birinchi to‘qnashuvda aniq favorit yo‘q.

«Manchester Siti» bir oyog‘i bilan chorak finalda
1/8 final. Birinchi o‘yin
«Bazel» (Shveytsariya) – «Manchester Siti» (Angliya)
13 fevral. Bazel, «Sankt-Yakob Park» stadioni, 00:45 (Toshkent vaqti bilan)

Ikki o‘yin o‘tkaziladi, ammo bu jamoalar o‘rtasida ayni kunda farq shunchalik kattaki, hech kim shveysariyaliklarda zarracha bo‘lsin imkoniyat borligiga ishonmaydi. «Siti» dekabr-yanvar oylaridagi kichik pasayishdan o‘tib oldi, endi bu kunlarni unutish mumkin. O‘tgan mavsumda qishki inqiroz Xosep Gvardiola jamoasi uchun o‘ta halokatli kelgandi («Chelsi» (1:3), «Lester» (2:4) va «Liverpul»ga (0:1) qarshi o‘yinlardagi mag‘lubiyatlar. Bu mavsumda esa jamoa bu davrda faqat bir mag‘lubiyat qayd etildi va jamoa YeChL pley-offiga deyarli jarohatlarsiz yetib keldi (faqat Mendi va Delfda jarohat bor, Sane – zaxiradan o‘yinga tushishi mumkin).

O‘tgan shanba kuni «Siti» «Lester»ga qarshi o‘yindagi harakatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, (bu o‘yinda Aguero poker qildi, De Bryuyne 3ta golga pas berdi) «Bazel»ni dahshatli 90 daqiqa kutib turibdi. Shveytsariyaliklar jamoasi avvalgi mavsumlarda «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» yoki «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda nimalargadir erishgandir, ammo endi ularda endi keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat deyarli yo‘q. «Bazel» ichki chempionatda ham qoniqarsiz natijalar qayd etmoqda, jamoa oxirgi turda «Lugano»ga yutqazdi va turnir jadvali yetakchisi «Yang Boyz»dan 5 ochko ortda qola boshladi.

Gvardiola «Bazel» maydonida tajribalarini davom ettirishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis bu ishni xush ko‘radi – premer-ligada esa har bir jamoa jiddiy yondashuvni talab etadi. Shu tufayli u bu istagini britan kuboklarida yoki Chempionlar ligasida bajarishi mumkin. «Sankt-Yakob Park»da Bernardu Silva, Aleksandr Zinchenko, Lyaport va Gabriel Jyezusga imkoniyat berilishini kutish mumkin.

«Bazel» chidamliroq bo‘lishi, omad va mo‘'jizaga umid qilishi kerak bo‘ladi. Lekin bu mavsumdagi «Siti»ning maqsadi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish.

«Yuventus» gol o‘tkazmaydi, «Tottenhem» hamisha gol uradi
1/8 final. Birinchi o‘yin
«Yuventus» (Italiya) – «Tottenhem» (Angliya)
13 fevral. Turin. «Yuventus» stadioni, 00:45 (Toshkent vaqti)

Bu qarama-qarshilik qanday natija bilan tugashini barcha kutmoqda, hujumda rang-barangliklarga ega «Tottenhem» metin himoya, aqlli va aniq harakatlanadigan «Yuventus»ga qarshi – bu YeChLning bu bosqichidagi eng nostandart juftlik. Londonliklar bu mavsumda bunday himoyaga qarshi hali o‘ynamagan («Yuventus» 2018 yilda hali gol o‘tkazmadi!), turinliklar ham hali joriy mavsumda bunday hujumkor jamoaga qarshi o‘ynamagan.

Maurisio Pochettino jamoasi mavsumning qiyin davrini muvaffaqiyat bilan bosib o‘tmoqda – «Liverpul» (2:2), «MYu» (2:0) va «Arsenal» (1:0) jamoalariga qarshi o‘yinlarda kerakli natijalarga erishildi. Hozirgi kunda hujum tashkil qilish borasida «shporlar» APLda faqat «Man Siti»dan ortda qolishi mumkin. Hujum va mudofaa balansi maromida, bu esa oldinda turgan o‘yinda londonliklarga ustunlik berishi ham mumkin.

Ammo «Yuventus» uyida o‘ynaydi, jamoa oxirgi marta o‘tgan yil oktabrida «Latsio»ga yutqazgan (0:1). Turinda esa «Yuve»ni yengish imkonsiz ishga aylangan, jamoa oxirgi marta o‘z maydonida 2015 yilning 23 avgustida yutqazgan («Udineze» – 0:1)! Massimiliano Allegri shogirdlari ichki chempionatda qatorasiga 11 uchrashuvda g‘alaba qozonishgan. Muxlislarni o‘ta murosasiz bahs kutib turibdi.

«Yuventus» Lixtshtaynerni bu o‘yinga zayavka qilmaydi, shuningdek, hali jarohatidan to‘la forig‘ bo‘lgan Paulo Dibala ham zayavka qilinmasligi kutilmoqda. Hali jarohatini tuzatishda davom ettirayotgan Barzali, Matyudi va Kuadrado ham bugun jamoaga yordam bera olmaydi. «Shporlar»da esa tarkib borasida muammolar yo‘q. Alderveyreld va Erik Lamela uzoq vaqtlik tanaffusdan keyin safga qaytgan, shuningdek, jamoa qishki transferlar vaqtida «PSJ»dan Lukas Mourani sotib olib tarkibni kuchaytirgan.

Bu uchrashuv 2017 yilning eng yaxshi to‘purariga aylangan Keyn uchun muhim sinov bo‘lishi mumkin. Alli, Eriksen, Son va boshqa futbolchilarning haqiqiy kuchini ham endi bilish mumkin.

Harri Keyn ketma-ket duellarda ustun kelmoqda, u «Liverpul»ga qarshi o‘yinlarda Muhammad Saloh va «Arsenal»ga qarshi o‘yinda jamoaning yangi hujumchisi Obameyang bilan solishtirildi. Endi navbat Gonsalo Iguainga yetib keldi.

Jamoalar ilk marta o‘zaro rasmiy uchrashuv o‘tkazishadi. Bu jamoalar o‘tgan yil yozida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan, o‘shanda Keyn va Eriksenning gollari «Uembli»da londonliklarga g‘alaba keltirgandi.

«Yuventus»ni mag‘lub etish – jamoa tarixida iz qoldirishi aniq. Durangga erishish orqali jamoa «Barselona» (0:0) bilan bir qatorga turadi. Yutqazish – qo‘rqinchli emas. Jamoa «Uembli»da javob qaytarishi mumkin.

Mavzuga oid