Jahon | 12:47 / 14.02.2018
15617
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston jahon baxt indeksida 7-o‘rinni egalladi

Foto: CA-NEWS

Gallup International mustaqil tadqiqot agentliklari Xalqaro uyushmasi tomonidan tuzib chiqilgan «Baxt indeksi»ga ko‘ra, Qozog‘iston 2017 yil yakunlari bo‘yicha 74 foiz punktilik baxt indeksi bilan yettinchi o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari reytingda taqdim etilmagan. Reytingda hammasi bo‘lib jahondagi 55 davlat nomi zikr etilgan.

Eng baxtli odamlar Fiji orolida yashar ekan – 92 foiz punkti. Yetakchilar uchligida Kolumbiya (87) hamda Filippin (84) bor. Keyingi o‘rinlarda Meksika (82) va Vetnam (77) joy oldi.

Eron (5), Iroq (7) va Ukraina (8) aholisi o‘zini eng baxtsiz deb hisoblaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid