Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya janubida aniqlangan vulqon kelajakda 100 mln insonning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin
Foto: Scientific Reports
Yaponiyalik olimlar Kikay suvosti kalderasida dunyodagi eng yirik vulqon “gumbazi”ni topishdi. Tadqiqotchilarning fikricha, ularning ostida vulqon faolligi davom etmoqda.
Kobe Universiteti qoshidagi dengiz tubi markazi tadqiqotchilari so‘nggi ikki yilda kalderaga batiskafda uch marta tushishgan. Olimlar kaldera markazida gigant vulqon gumbazini topishdi, uning hajmi 32 kub kilometrni tashkil etadi.
Vulqon Yaponiyadagi eng faol, deb atalmoqda. Uning ostida magmaning katta hajmi to‘planib qolgan bo‘lib, u kelajakda otilishi mumkin. Bunga sabab – gumbaz ostida gidrotermal oqimlarning chiqayotganidir.
Institut professori Yosiyuki Tatsumining so‘zlariga ko‘ra, vulqonning 100 yil davomida otilish ehtimoli 1 foizga teng. «Biroq yomon ssenariyga qaraydigan bo‘lsak, bunday otilish oqibatida 100 mln inson halok bo‘lishi mumkin», - deya aytib o‘tdi professor.
Ta'kidlanishicha, kaldera 7,3 ming yil avval ro‘y bergan vulqon otilishidan so‘ng paydo bo‘lgan hamda Kyusyu janubiy oroli hududidagi Dzyomon madaniyati manzilgohlarini yo‘q qilib tashlagan.
Mavzuga oid
11:47 / 21.01.2026
Sindzo Abeni otib o‘ldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilindi
15:57 / 20.01.2026
Yaponiya bosh vaziri muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
10:08 / 26.12.2025