O‘zbekiston | 20:51 / 15.02.2018
10292
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev “Djyeneral Elektrik” vitse-prezidentini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevralda O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan AQShning “Djyeneral Elektrik” kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jyeyms Pollettni qabul qildi.

“Djyeneral Elektrik” jahonning yetakchi ko‘p profilli korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Uning faoliyati energetika, mashinasozlik, asbobsozlik, elektrotexnika, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, moliyaviy sektor va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

Kompaniya dunyoning 180 dan ko‘proq davlatida faoliyat olib boradi. Uning korxonalarida 300 mingdan ko‘proq odam ishlaydi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra kompaniyaning daromadlari 120 mlrd dollardan oshgan.

Uchsharuv davomida kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati jadallashgani mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tilgan.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda energetika infratuzilmasi obektlarini modernizatsiyalash bo‘yicha bir qator loyihalar o‘rganib chiqilmoqda.  

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev energetika sektorida o‘zaro manfaatli texnologik sheriklikni yanada oshirish hamda sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Ronald Jyeyms Pollett Shavkat Mirziyoyevga iliq qabul va yuqori texnologik tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikning loyihalari va dasturlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.   

Pollett “Djyeneral Elektrik”ning O‘zbekiston korxonalari va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va katta ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi.   

Mavzuga oid