Turkiyaning qoçqinlarni jamiyatga integratsiyalaşuv siyosati dunyoda taqlid qiliş uçun namunadir. Bu haqda Anqaraga rasmiy taşrif bilan kelgan BMTning Qoçqinlar işi böyiça Oliy komissari Filippo Grandi «Anadolu» agentligiga ma'lum qildi.

«Turkiya 3,8 million qoçqinga boşpana berdi, ularning 3,5 millioni suriyaliklardir. Ammo mamlakat bu körsatkiçlar bilan ajralib turmaydi. Qoçoqlarga körsatiladigan xizmatlar sifatini (uy-joy, ta'lim va tibbiy xizmatdan foydalaniş, iş bilan ta'minlaş) va Turkiyaning mehmondöstligini ta'kidlaşimiz kerak», - dedi Grandi. 

Uning sözlariga köra, Turkiya uç yil davomida qoçqinlarga eng köp boşpana bergan mamlakat maqomini saqlab qolmoqda.

Oliy komissar bu yil qoçqinlar va muhojirlar taqdiri böyiça umumiy mas'uliyat haqida global bitim imzolanişini eslatdi.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti vakilining sözlariga köra, Turkiya bu bitimda nazarda tutilgan aksariyat işlarni bajardi.

«Bitimning asosiy maqsadi - qoçoqlarga yordam beriş borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişdir», - dedi Grandi. 

Oliy komissarning ta'kidlaşiça, Turkiya uzoq vaqt qoçqinlar masalasida qöllab-quvvatlovdan mahrum bölgan.

«Turkiyaga nafaqat moliyaviy yordam, balki qoçoqlarni joylaştiriş borasida ham yordam kerak», - dedi Grandi. 

BMT vakili şuningdek, Suriya mojarosi tezda yakunlanişiga umid bildirdi.

«Birinçidan, bu suriyaliklar uçun kerak. Suriyadagi qoçqinlar va zöravonlik masalalarini hal qiliş vaqti keldi. Turkiyani va siyosiy jarayonning barça tomonlarini Suriya mojarosini hal qiliş uçun qölidan kelgan barça işni qilişga çaqiraman», - deya aytib ötdi Grandi.