20:00 / 16.02.2018
9257

Kolonya - 4 karra chempion! Pyongchang-2018 kun yakunlari

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi. 16 fevral kuni 7ta turda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.

Kunning eng qiziqarli bahsi erkaklar o‘rtasida 15 km masofaga erkin usulda chang‘i poygalarida kuzatildi. Unda ushbu yo‘nalishda so‘nggi ikki olimpiada oltin medallarini qo‘lga kiritgan shveysariyalik Dario Kolonya bu safar ham tengsiz deb topildi va ketma-ket uchinchi marta bu masofada Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Jami bo‘lib bu Dario Kolonyaning Olimpidalardagi 4-oltin medaliga aylangandi. Bu uchta oltindan tashqari Kolonya 2014 yili Sochida bo‘lib o‘tgan 30 km masofaga skiatlon bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek bugun bo‘lib o‘tgan bahslarda konkida yugurish bo‘yicha Niderlandiya terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medal olib kelingan bo‘lsa, Guskova fristaylda Belarus terma jamoasi uchun dastlabki oltin medalni yutib berdi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
16 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar

Skeleton
Erkaklar
1. Yung Sunbin (Janubiy Koreya) 
2. Nikita Tregubov (Rossiya)
3. Dominik Parsons (Buyuk Britaniya)

Tog‘ chang‘isi
Erkaklar
Supergigant
1. Mattias Mayyer (Avstriya)
2. Beat Foyts (Shveytsariya)
3. Ketil Yansrud (Norvegiya)

Ayollar
Slalom
1. Frida Hansdotter (Shvetsiya)
2. Vendi Holdener (Shveytsariya)
3. Katarina Gallxuber (Avstriya)

Snoubord
Ayollar
Bord-kross
1. Mikela Moyoli (Italiya)
2. Juliya Pereyra de Souza Mabilo (Fransiya)
3. Yeva Samkova (Chexiya) 

Chang‘i poygalari
Erkaklar
15 km, erkin usul
1. Dario Kolonya (Shveytsariya)
2. Simyon Hegstad Kryuger (Norvegiya)
3. Denis Spitsov (Rossiya)

Konkida yugurish
Ayollar
5000 metr
1. Esme Visser (Niderlandiya)
2. Martina Sablikova (Chexiya)
3. Natalya Voronina (Rossiya)

Fristayl
Ayollar
Havodagi akrobatika
1. Anna Guskova (Belarus)
2. Jang Sin (Xitoy)
3. Kun Fangyuy (Xitoy) 

Medallar jamg‘armasi bo‘yicha reyting (oltin-kumush-bronza (jami)
1. Germaniya – 9-2-4 (15)
2. Norvegiya – 6-8-5 (19)
3. Niderlandiya – 6-5-2 (13)
4. AQSh – 5-1-2 (8)
5. Kanada – 4-5-4 (13)
6. Shvetsiya – 4-2-0 (6)
7. Fransiya – 3-2-2 (7)
8. Avstriya – 3-1-4 (8)
9. Italiya – 2-1-3 (6)
10. Janubiy Koreya – 2-0-1 (3)

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top