Fermer xo‘jaliklarining soliq qarzi o‘z joyida undirildi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston teleradiokanali, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida Toshkent viloyatining barcha tumanlarida soliq qarzining yuzaga kelishi va uning oqibatlari yuzasidan kunlik targ‘ibot tanqidiy tadbirlar o‘tqazilmoqda. Misol uchun, 2018 yil 12 fevral kuni Qibray tumani, 2018 yil 13 fevral kuni Parkent tumani, 2018 yil 14 fevral kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida, 15 fevral kuni Toshkent tumani, 16 fevral kuni O‘rtachirchiq tumani, 17 fevral kuni Chinoz tumani, 18 fevral kuni Quyichirchiq tumanlarida soliq qarzdorligiga oid tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Ko‘plab tadbirlar jarayonida tumanlardagi qarzdor fermerlaning ko‘pchiligi to‘lov qobilyatiga ega, ammo turli xil bahona va ayblovlar bilan, tadbir tashkilotchilariga turli xil vajlar ko‘rsatib, soliqdan bosh tortayotganligi aniqlandi.
Qibray tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Sharq” MChJning mavjud qarzdorligi bo‘yicha joyiga chiqilganda, parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi hamda qarzdorlikni to‘lamasdan kelayotganligi ma'lum bo‘ldi. Tadbir davomida 6 ta transport vositasi xatlab olib chiqib ketildi. Xuddi shunday 500 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan 4 ta traktori va 1 ta “Neksiya” avtomashinasi bo‘lgan “Shampan-Sharob” MChJ korxonasining 32,1 million so‘m soliq qarzi bo‘yicha joyiga chiqilib, “Neksiya” mashinasi xatlab olib chiqib ketildi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga topshirildi.
Parkent tumanidagi g‘isht zavodining 15 million so‘m soliq qarzi bo‘yicha g‘isht sexi texnikalarini xatlash jarayonida soliq qarzi to‘lab berildi. Parkent tumani yo‘l qurilish bo‘limining 110 million so‘mlik qarzdorligi bo‘yicha transport vositalarini xatlash jarayonida soliq qarzini to‘liq to‘lab berganligiga ham guvoh bo‘ldik.
Xuddi shunday holat Chinoz tumanida ham kuzatildi. “Ahillik Baraka” Fermer xo‘jaligining soliq qarzi 34,4 mln so‘m qarizdorligi mavjud bo‘lib, bu qarzdorligi 2014 yildan buyon to‘lanmasdan kelayotganligi aniqlandi. Tadbir jarayonida “Neksiya” rusumli avtomoshinasi xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib kelindi.
Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyatining boshqa tumanlarida ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024