Keça, 20 fevral kuni özbek adabiyotining buyuk vakili Abdulla Qodiriyning Toşkent şahridagi hovlisiga Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov taşrif buyurgan. Bu haqda BBC Özbek xizmatining lavhasida aytiladi.
Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriyning aytişiça, keça soat 12:00lar atrofida boş vazir, Toşkent şahri hokimi, Şayxontohur tumani hokimi va Madaniyat vazirligi mutasaddilari “Samarqand darvozasi” mahallasida joylaşgan buyuk adib yaşab ijod qilgan hovliga taşrif buyurgan.

“Ularni hamma joy bilan taniştirdik. Hovlimiz juda katta, hovlidan-hovliga ötib, şart-şaroitlarni körsatdik. Ular ham juda ajablanişdi, Toşkent şahri markazida şunday joy bor ekanini bilişmas ekan ham. Ayrimlar körgan, lekin köpçilik körmagan ekan. Ularga vaziyatni tuşuntirdim, hamma joyni tomoşa qilib, körib çiqişgandan söng boş vazir Abdulla Aripov bu yer uy-muzeyi emas, balki boğ-muzeyi qilinişini aytdi. “Bu joyni ma'rifat markazi qilamiz”, deb va'da berdilar. Şu paytgaça bu işlarni qilişga bu yerda yaşab kelganlarning şart-şaroiti yöl qöymagan. Bundan taşqari, moddiy tomondan ham qiyin edi. Öşa paytda bu yerda Abdulla Qodiriyning köpçilik avlodi istiqomat qilib kelgan, ularni uy-joy bilan ta'minlaş ança muşkul edi. Hozir bu yerdan Qodiriyga daxldor bölgan öntaça oilani köçiriş kerak ekan”, - degan Xondamir Qodiriy.

ÖzA’ning Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri örinbosari K.Akilovaga asosan yozişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli topşiriğiga asosan Toşkent şahri, “Samarqand darvozasi” mahallasida joylaşgan Abdulla Qodiriy yaşab ijod qilgan uy va boğ hovli hududida 2018 yil yakuniga qadar Abdulla Qodiriy boğ-muzeyini taşkil etiş va bu işlarni amalga oşiriş uçun zarur mablağ ajratiş rejalaştirilgan.
Jurnalist Anora Sodiqovaning “Abdulla Qodiriyning uy-muzeyi bormi?” maqolasida aytilişiça,1956 yilda Abdulla Qodiriy nomi oqlangan, çöçqaxona va faytunlar turargohiga aylantirilgan hovli Qodiriy farzandlariga qaytarilgan, ammo unga muzey maqomi berilmagan. 1989 yil Abdulla Qodiriyning farzandi Ma'sud Qodiriy otasining 95 yillik yubileyida uni yod etiş uçun yiğilgan ziyolilardan yana uyni muzeyga aylantirişni sörab, iltimos qilagan, ammo yana natija bölmagan. 1994 yilda yana bu iş kötariladi, biroq bugungi kunda u yerda yaşab kelayotgan millat fidoyisining avlodlarini boşqa uyga köçiriş masalasi köndalang bölib, masala yana çala qoladi.
“Samarqand darvoza” mahalla fuqarolar yiğini raisi Abdubosit Mirrasulovning sözlariga köra esa, “Samarqand darvoza” mahallasi buziliş arafasida. Mahalla “Termiz” köça tomonidan buzilib kelmoqda. Kiçik, eski uylar örniga 9-12 qavatli uylar qurilişi möljallangan.
“Termiz” köçasidan kiraverişda buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning uylariga çiqiladi. Bundan bir yil avval, hokimiyatdan komissiya vakillari kelib, Qodiriy uyi atroflari buzilişi kerakligi, ammo adibimizga daxldor joylar atrofi boğ, kökalamzor qilinib öralgan holatda uylarini saqlab qoliş közda tutilganini ma'lum qilgan edi. Men ham albatta, Qodiriyning muxlisi, vatandoşi sifatida uylarini “uy muzeyi”ga aylantiriş tarafdoriman. Qodiriyning hozirgi avlodlari yaşayotgan hovli köp qavatli uylar orasida qolib ketişi ham hunuk böladi. Uning atrofini kengroq olib, boğli joy qiliş, ziyoratgohga aylantiriş kerak. Bu fikrlar ham Toşkent şahar hokimligidan kelgan komissiya tomonidan aytilgan edi. Ammo bu haqda bayonnoma tuzilib, amaliy işlar boşlanganidan xabarim yöq. Bir neça yildan beri mazkur mahallada rais bölib işlab kelaman, adibimiz hovlilarini suriştirib, sörab çet-eldan, özimizdan ziyoratçilar kelib turişadi. Şunday vaziyatlarda Abdulla Qodiriyning hovlilari muzeyga aylantirib, obod qilinmaganidan hijolat bölamiz”, - degan Abdubosit Mirrasulov.











