16 oktyabr kuni Gizada Katta Misr muzeyi sinov tariqasida oçildi, deb xabar bermoqda The Guardian. Ulkan loyihani amalga oşiriş uçun 22 yil va 1 milliard dollardan ortiq mablağ ketdi. U nafaqat kölami böyiça Luvrni ham ortda qoldiradigan me’moriy muzey majmuasi, balki eng qimmat loyihalardan birir sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Misr turizm va qadimiyot vazirligi arxeologiya masalalari böyiça yordamçisi at-Toyib Abbosning ma’lum qilişiça, rasmiy oçiliş sanasigaça (bu hozirça noma’lum) muzeyga 4 ming kişi taşrif buyuradi. Amaldorning ta’kidlaşiça, sinov tariqasida oçiş muzey logistikasini tahlil qiliş, şuningdek, töliq işga tuşiriş va sayyohlar oqimiga puxta tayyorgarlik köriş imkonini beradi.

Muzeyda jami 12 ta zal bölib, ularning har birida kamida 15 mingta artefakt namoyiş etiladi. Galereyalar tarixiy davrlar va sulolalar böyiça tasniflangan. Loyiha rahbari Eysa Zidanning sözlariga köra, barça zallar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan: qadimgi misrliklar, şu jumladan, şohlar hayoti haqida hikoya qiluvçi multimedia taqdimotlari mavjud bölib, zallardan birida qadimgi Misr dafn marosimlari haqida hikoya qiluvçi virtual reallik texnologiyalari örnatilgan. Zidan Gizadagi muzeyni “dunyo ahliga sovğa” deb atadi.

Hozirça zallarning hammasi ham oçiq emas. Ammo balandligi olti qavatli uyga teng bölgan va muzey atrofidagi Giza ehromlari körinib turadigan zinapoyaga çiqiş mumkin. Muzeyning boşqa qismlari, jumladan, Tutanxamon xazinalari kolleksiyasini keyinroq oçiş rejalaştirilgan.

1992 yilda Misr prezidenti Husni Muborak mamlakatning butun tarixini özida mujassam etadigan yangi muzey quriş rejalarini e’lon qilgandi. Bunga asosiy sabab Qohiradagi Misr muzeyi yetarliça yoritilmagani va katta şahar tebranişlaridan zarar körayotgan eksponatlar bilan tölib-toşgani edi.

Katta Misr muzeyi (Grand Egyptian Museum, GEM) qurilişi 2005 yilda Giza ehromlaridan 2 kilometr janubi-şarqda boşlangan. 2003 yilda Heneghan Peng Architecs kompaniyasi binoni loyihalaş uçun şartnoma oldi. “Arab bahori” va Husni Muborakning 2011 yilda iste’foga çiqişi sababli jarayon uç yilga töxtatildi. Xalqaro moliyalaştiriş yordamida quriliş 2014 yilda qayta tiklandi. Loyiha 2020 yilda koronavirus pandemiyasi sababli ikkinçi marta töxtatildi. 2022 yilning oxirida muzey kiçik sayohat guruhlari uçun qisman oçildi.