Kuz-qish mavsumi ishlarining bugungi holati borasida matbuot anjumani o‘tkazildi
20 fevral kuni Milliy matbuot markazida Respublika aholisini sifatli uy-joy kommunal xizmatlari bilan qamrab olish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash hamda uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi ishlarning bugungi kundagi holati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va aholi e'tirozlari hamda muammolarni hal qilish borasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev shu sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar xususida hisobot berib o‘tdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yil yakunlari bo‘yicha suv ta'minoti muammoli bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi 850 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishiga erishilgan.
Bundan tashqari, 10218 ta ko‘p qavatli uy-joylarning 4 mln. 472 ming 485 m2 tom qisimlari mukammal va joriy ta'mirdan chiqarilgan, 9529 ta ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarida ta'mirlash va tartibga keltirish ishlari olib borilgan, 742 ming p/m dan ortiq issiqlik tik quvurlari ta'mirlangan, 21973 ta kirish yo‘lagi ta'mirdan chiqarilgan, 17247 ta ichki eletor taqsimlovchi shitlari ta'mirlanib, tartibga keltirilgan.
Shuningdek, 1607 ta yangi bolalar maydonchasi barpo etilib, mavjud 2239 ta bolalar maydonchalarida ta'mirlash ishlari olib borilgan. Ko‘p qavatli uylarning oldi qismidagi 1 mln. 248 ming 902 m2 yo‘laklar beton qorishmasi bilan qoplangan.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
13:32 / 06.11.2024
Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
17:03 / 29.10.2024