Ma’lum qilinişiça, 1988 yilda tuğilgan fuqaro uzoq vaqtdan buyon uy-joy sotib oliş niyatida bölgan. E’lon orqali topilgan xonadonni közdan keçirib, uy egasi — 1959 yilda tuğilgan erkak bilan 55 ming AQŞ dollariga kelişgan.
Sotuvçi xaridorni pulning yarmini oldindan berişga köndirgan. Şu tariqa fuqaro 20 ming AQŞ dollarini topşirgan va ikki kundan söng notarius idorasida uçraşişga kelişilgan.
Biroq belgilangan kuni uy egasi uçraşuvga kelmagan. Keyinçalik u turli bahonalar bilan xaridorni bir yildan ortiq vaqt davomida çalğitib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi — “Firibgarlik” alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar fuqarolarni mol-mulk oldi-sotdisida barça moliyaviy hisob-kitoblarni notarial rasmiylaştiriş orqali amalga oşirişga çaqirmoqda.

















