O‘zbekiston Respublikasi tabiiy zaxira va minerallarga boy Markaziy Osiyo hududida joylashgan yetakchi davlat hisoblanadi. Mamlakat dunyoda paxta yetishtirish, oltin qazib olish va uni sotish, gaz ishlab chiqarishda ilg‘orlardan biri sanaladi.
Shunga qaramasdan, O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida eng og‘riqli nuqta – korrupsiya.
Transparency International Corruption Perceptions Index (CPI) 2014 yil e'lon qilgan ma'lumotda O‘zbekiston korrupsiya botqog‘idagi davlatlar ro‘yxatida 185ta mamlakatdan 166 o‘rinni egallagan. Mintaqada esa Turkmanistondan keyin, ikkinchi o‘rinda e'tirof etilgan. Oradan ikki yil o‘tib, davlat korrupsiya reytingida 10 pog‘ona yuqoriladi, ammo 2017 yilda O‘zbekiston 157ta o‘rinda e'tirof etildi. Tabiiy savol paydo bo‘ladi: nega xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonni korrupsiya botqog‘ida ko‘rmoqda? Mantiqan qisqa fursatda korrupsiyadan batamom qutulishning imkoni yo‘q, ammo bizdagi muammo o‘zgacha: xalq va mutasaddilar haligacha masalaning asl mohiyatiga bolta urmagan. Soddaroq qilib aytganda, kasalni o‘z nomi bilan atashni boshlash zarur.
International Financial Corporation hamda Jahon Banki 2013 yil taqdim etgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 16 foiz aholi u yoki bu hujjatlarni rasmiylashtirishda, ayrim turdagi faoliyatni litsenziyalash uchun vakolatli shaxslarga pora berishini tan olgan. Korrupsiyaning bunday ko‘rinishi ta'limda, ishga joylashishda ham keng uchrab turadi. Ikkinchi holatni yuzaga kelishiga yetaklovchi katta omil – davlat xizmatchilari, ta'lim sohasidagi pedagog-murabbiylarning oylik maoshlari kamligida, deb aytish mumkin. Bu vaziyatni yaxshilash imkoniyati va istiqbollari ko‘p: maoshlarni mehnatga yarasha oshirish, ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish va davlat xizmatlarini amalga oshirishda maksimal shaffoflikni ta'minlash shular jumlasidandir.
Korrupsiya ko‘rinishining yana bir shakli – mahalliy hokimiyat mutasaddilari hamda xususiy tadbirkorlik egalari o‘rtasida “homiylik” shaklida yuz beradi. Masalan, sport tadbirlari, xayriya ishlari, madaniy-ko‘ngilochar bayramlarga homiylik qilish evaziga muayyan “korruptsion funksiya” shakllangandi. Birgini yaqin o‘tmishda Fund Forum faoliyati misolida shunday tajribani o‘rganish mumkin.
Ayrim hollarda esa davlat organlari, tashkilot va idora vakillari vakolat/mas'uliyatidan tashqari ishlarga jalb etildi. Masalan, 2017 yil tashkil etilgan paxta terim mavsumiga ijtimoiy soha vakillari – o‘qituvchi, shifokor, shu jumladan talabalarni dalaga olib chiqish rasman taqiqlangan bo‘lsa-da, amalda bu taqiq buzildi. Bundan tashqari, tashkilotlardan

















