Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qator hududlarda korrupsiya va firibgarlik holatlariga çek qöyildi.

DXX xabariga köra, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining Andijon viloyati hududiy boşqarmasida bölim boşliği örinbosari lavozimida işlovçi şaxs Andijon şahrida farmatsevtika faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJning moliyaviy holati böyiça ötkazilgan tekşiruvlar jarayonida, MÇJga qaraşli dorixonalar tomonidan dori vositalarini belgilangan referent narxlardan qimmat narxlarda sotiş orqali iste’molçilardan 2,1 mlrd söm ortiqça pul olingani holati aniqlangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani bekor qilib beriş evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, mazkur mansabdor şaxs 22,5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. Tergovga qadar tekşiruv davomida, u muqaddam 7,5 ming AQŞ dollari olgani ham ma’lum böldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda “Özbekiston şaharsozlik böyiça loyihalaş ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Aniqlanişiça, arxitektor “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Andijon viloyati filiali direktori lavozimida işlovçi özining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon şahridagi 2 ta manzilda köp qavatli turar joy binolarini qurişiga oid quriliş sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tegişli taşkilotlardagi tanişlari orqali rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.

Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, viloyat tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori özining yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali, Qarşi tumanidagi maktab direktorining örinbosarini Yakkaboğ tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi boşliği lavozimiga tayinlanişida yordam beriş evaziga 55 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.