Pro-Liga - 2018 ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2018 yilda Pro-Ligada ishtirok etadigan 16ta jamoani tasdiqladi.
Ular quyidagilar:
1. “Mash'al” (Qashqadaryo viloyati Muborak shahri)
2. “Sho‘rtan” (Qashqadaryo viloyati G‘uzor shahri)
3. “Dinamo” (Samarqand shahri)
4. “Istiqlol” (Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri)
5. “Yozyovon” (Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani)
6. “Xotira-79” (Namangan viloyati Uychi tumani)
7. “Iftixor” (Yoshlar Ittifoqi jamoasi)
8. “Zomin” (Jizzax viloyati Zomin tumani)
9. “Xorazm” (Xorazm viloyati Urganch shahri)
10. “Andijon” (Andijon viloyati Andijon shahri)
11. “Orol” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri)
12. “”G‘ijduvon” (Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani)
13. “Surxon” (Surxondaryo viloyati Termiz shahri)
14. “Bunyodkor-2” (Toshkent shahri)
15. “Paxtakor-2” (Toshkent shahri)
16. “Lokomotiv BFK” (Toshkent shahri).
Pro-ligada o‘ynash istagida bo‘lgan, biroq avvallari Birinchi ligada faoliyat yuritmagan Buxoroning “Labsa” va Toshkent viloyatining “Ahmad Yassaviy” jamoalarida sharoitlar talab darajasida emasligi, stadion, baza masalalari hal etilmaganligi sababli, ularga musobaqada ishtirok etishga ruxsat berilmadi.
Shuningdek, Navoiy viloyatida Pro-Ligada ishtirok etishga munosib jamoa mavjud emasligi viloyat rahbariyati tomonidan ma'lum qilindi va Pro-Ligada ishtirok etuvchi jamoa kelgusi mavsumda Ligada ishtirok etishini ta'minlash borasida tashkiliy ishlar amalga oshirilishini ma'lum qilishdi. Ayni damda “Qizilqum” klubi viloyat sharafini Superligada himoya qilayotgani bois, Pro-Ligada ishtirok etadigan klubni tashkil qilish masalasi keyinchalik ko‘rib chiqilishi bildirildi.
Pro-liga a'zolari orasida “Yangiyer” jamoasi ham bo‘lishi mumkin edi, biroq viloyat mutasaddilari bu yilcha mazkur klubning infratuzilmasini shakllantirib olish taklifi bilan chiqqanligi uchun ular ham Pro-liga vakillari orasiga kiritilmadi.
Pro-liga ishtirokchilari qatoridan “Iftixor” nomi ostidagi jamoa ham joy olgan. Respublika Yoshlar ittifoqi sharafini himoya qiluvchi jamoa Pro-Ligada debyut mavsumini o‘tkazadi.
Shuningdek, har bir viloyatda bittadan futbol klubi ishtirok etishiga imkoniyat berilgan bo‘lsa ham, ayrim xududlarda Pro-Ligada ishtirok etuvchi futbol klublariga nisbatan belgilangan talablarga javob bera oladigan va ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbol klublari mavjud emasligi aniqlandi. Shu sababli, “Bunyodkor-2” va “Paxtakor-2” klublari Pro-Liga ishtirokchilari safiga kiritildi.