Özbekiston professional futbol ligasi nufuzi jihatdan Superligadan keyingi örinda turuvçi Pro-Liga formatini özgartiradi, deb xabar beradi PFL sayti.

Bungaça Pro-Ligada 16 ta jamoa iştirok etişi belgilab qöyilgan va musobaqa 25 mart kuni start olişi rejalaştirilgandi. Endi esa jamoalar soni va liga formati özgartirildi.

Birinçidan, «Bunyodkor-2» va «Paxtakor-2» farm-klublari Pro-Ligadan çetlatildi.

Ikkinçidan, Namangan viloyatining «Xotira-79», Toşkent viloyatining «Nurafşon-S», Buxoro viloyatining «Labsa», Samarqand viloyatining «Şerdor» klublari turnirga qöşildi. Natijada Pro-Liga jamoalari soni 18 taga yetdi.

Uçinçidan, liganing özi yana ikkita ligaga ajratildi. Endi Özbekiston futboli uçta ligadan iborat böldi deb aytişimiz mumkin: Superliga, Pro A Liga va Pro B Liga. 

PRO A Liga tarkibi:
“Andijon” (Andijon)
“Dinamo” (Samarqand)
“Istiqlol” (Farğona)
“Maş'al” (Qaşqadaryo)
“Orol” (Qoraqalpoğiston)
“Surxon” (Surxondaryo)
“Şörtan” (Qaşqadaryo)
“Xorazm” (Xorazm)
“Norin” (Namangan)

PRO B Liga tarkibi:
“Iftixor” (Yoşlar ittifoqi jamoasi)
“Yozyovon” (Farğona)
“Zomin” (Jizzax)
“Labsa” (Buxoro)
“Lokomotiv-BFK” (Toşkent)
 “Nurafşon” (Toşkent viloyati)
“Ğijduvon” (Buxoro)
“Şerdor” (Samarqand)
“Xotira-79” (Namangan)

E'tibor bering, ligada “Iftixor” - Yoşlar ittifoqi jamoasi paydo bölganini körişimiz mumkin. Balki bu jamoa Yoşlar ittifoqi mablağlari hisobiga taşkil qilingandir, bilmadik. Ammo dunyo futbolida klublar nomi homiy bilan emas, balki har doim özi joylaşgan şahar bilan boğlanib keladi. Masalan, «RB Leyptsig» - «Leyptsig» (Red Bull) emas.

Rejaga köra, har ikki guruh jamoalari tört davrali (2 ta uyda va 2 ta safarda) öyinlar ötkazadi — jami 36 ta tur. Uning yakuniga köra, Pro A Ligasi ğolibi Superliga yöllanmasini qölga kiritadi. 

Endi diqqat (!) Pro A Ligada 2 va 3-örinni egallagan jamoalar, Pro B Ligada 2 va 1-örinni egallagan klublarga qarşi bahs yuritadi. Ğoliblar esa Superligada 10 va 11-örinni egallagan klublarga qarşi pley-off bahslarini ötkazadi.   

Ayni paytda musobaqa taqvimi tuzib çiqilmagan va Pro Liga öyinlarining qaçon boşlanişi ma'lum emas.

PFL xabariga köra, Özbekiston Kubogi formatiga ham özgartiriş kiritiladi va u yaqin kunlar içida e'lon qilinadi.