Fan-texnika | 23:35 / 28.02.2018
6964
2 daqiqa o‘qiladi

Amazon “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlari ishlab chiqaruvchi startapni sotib oldi 

Foto: pinterest.com

AQShning Amazon onlayn-riteyleri “aqlli” eshik qo‘ng‘iroqlarini yaratish ustida ish borayotgan Ring startapini sotib oldi. Bu haqda ikkala kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda CNBC telekanali xabar bergan.

Bitim qiymati oshkor qilinmagan, biroq qator nashrlar gap 1 mlrd dollar haqida ketayotganini yozishmoqda. Ta'kidlanishicha, Ring startapi Amazon tarkibida mustaqil biznes sifatida rivojlanaveradi.

Ring telefon yoki kompyuterdagi dastur orqali boshqarish mumkin bo‘lgan videoqo‘ng‘iroqlar va xavfsizlik kameralari, xavfsizlik tizimlari va tutun datchiklari ishlab chiqaradi. 

Tahlilchilarning fikricha, bitim xavfsizlik sohasida va mahsulotlarni “eshik oldigacha” yetkazib berishda hamkorlikka yangi imkoniyatlar ochadi. 

Ring 2012 yilda tashkil etilgandan beri 290 mln dollar jalb qila olgan. Startap bosh qarorgohi Santa-Monikada joylashgan.

Ring qo‘ng‘irog‘i bu shunchaki qurilma emas, balki real vaqtda uydan kim chiqayotgani va uyga kim kirayotgani ortidan kuzatib, videoga yoza oladigan bulutli yechim hisoblanadi.

Mavzuga oid