Light | 02:33 / 28.02.2018
41728
3 daqiqa o‘qiladi

Islandiyadagi eng yolg‘iz uy bilan bog‘liq jumboq (suratlar)

Foto: Mega Curioso

Islandiya janubidagi Vestmannaeyyar arxipelagining kattaligi bo‘yicha uchinchi oroli - Ellideyda uzoq-uzoqdan birgina uy ko‘rinib turadi. Uyning joylashuvi, qo‘shnilarning yo‘qligi va yolg‘iz uy tarixi anchadan beri ko‘p sonli sayyohlarni qiziqtirib keladi. 

Sirli uy haqida ko‘p gap-so‘zlar va afsonalar aylanadi: kimlardir butun dunyodan yashiringan uy noma'lum millionerga tegishli ekanini aytsa, yana birov butun orol qo‘shiqchi Borkka tegishli ekanini aytadi.

 

A post shared by ChrisBurkard (@chrisburkard) on

 

Uch asr davomida orolda besh oila yashagan, ular o‘zlarining kichik jamiyatlarida yashab, uy qurishni istashgan. Odamlar yirik qoramolni boqib, baliq tutishgan va tupiklar (Islandiyada yashovchi qushlar)ni ovlashgan. Biroq ikki yuz yillik orol yolg‘izligidan keyin Ellidey doimiy yashash uchun noqulay ekanligi to‘g‘risidagi qarorga kelishgan. 

 

A post shared by Oliver Luckett (@revilopark) on

Oxir-oqibat 1930-yillarga borib, orolni eng oxirgi odamlar ham tark etishgan. U yerda baliq ovlash va qoramol boqish bilan shug‘ullanish oson bo‘lgan. Tupiklarni ovlash uchun esa Ellidey ayni muddao edi. Shu bois 1950-yillarda Orol ovchilar assotsiatsiyasi bugungi kunda sayyohlarni qiziqtiruvchi yolg‘iz uyni qurdirgan. U uyda tupiklarni ovlash mavsumida assotsiatsiya a'zolari to‘xtashadi. 

 

A post shared by Andreas Eriksson (@ajeson) on

Uy bilan bog‘liq hech qanday jumboq bo‘lmasa-da, Bork haqidagi gap-so‘zlar qisman o‘z tasdig‘ini topdi: 2000 yilda mamlakat bosh vaziri David Oddsson Islandiyaning dunyoga tanilishida qo‘shgan hissasi uchun mashhur qo‘shiqchiga orolni sovg‘a qilishga doir muvaffaqiyatsiz urinish qilgan. Nima uchun bu urinish amalga oshmay qolgani noma'lum — yo islandiyaliklar bunga qarshi chiqishgan yoki Bork bunday sovg‘ani qabul qilmagan. Qanday bo‘lmasin, bugungi kunda orol Ovchilar assotsiatsiyasiga tegishli.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid