1904 yil 9 fevral kuni XX asr boşidagi yirik harbiy töqnaşuvlardan biri — Rus-yapon uruşi boşlangan edi. Bir yarim yil davom etgan bu uruş Rossiya mağlubiyati bilan tugaydi. Yaponlar Koreya yarimorolini va Xitoyning bir qismini öz nazoratiga oladi. Rossiya Saxalinni yaponlarga topşirişga majbur böladi. 

Bugun rossiyalik ayrim şovinistlar millatçilik ruhidagi marşlarida ruslar uruşlarda heç yutqazmaganini, Napoleon ham, Gitler ham yançib taşlanganini aytib qiçqirişni yaxşi köradi.

Biroq yaqin tarixda ruslar mağlubiyatga uçragan bir uruş borki, u hanuzgaça Rossiya manglayida qora tamğaday bölib turibdi. Bu XX asr boşlarida bölib ötgan Rus-yapon uruşidir.

Bu uruşda Rossiya quruqlikda ham, dengizda ham Yaponiya armiyasidan mağlubiyatga uçraydi va 300 ming atrofida askarini yöqotadi. Ularning bir qismi janglarda, şuningdek, kasalliklardan va boşqa sabablar bilan halok böladi. Qariyb 75 ming kişi yaponlarga asir tuşadi.

Uruşdan avval

1868-1889 yillar davomida Yaponiyada imperator Mutsuxito tomonidan keng miqyosda islohotlar ötkaziladi. Şundan söng Yaponiya imperiyasi agrar davlatdan sanoati rivojlangan mamlakatga aylanadi.

XIX asr oxiri — XX asr boşlarigaça Yaponiya öz qurolli kuçlarini yangi texnikalar, harbiy kemalar bilan ta’minlaydi. Natijada yaponlar qöşni davlatlar – Koreya, Xitoy va Rossiya mulklariga köz tika boşlaydi.

Bu orada 1894 yil iyulida Yaponiya Xitoydagi Tsin sulolasiga qarşi uruş boşlaydi va 9 oydan söng Yapon va Sariq dengizlarida töliq hukmronlik örnatadi, Mançjuriya va Şandun provinsiyasini, Penxu hamda Tayvan orollarini bosib oladi.

Yaponiyaning bunday xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib turgan Rossiya özining Uzoq Şarqdagi armiyasini kuçaytirişga kirişadi. Mintaqaga harbiy kemalar yuboriladi.

Bundan taşqari, 1896 yili Xitoy bilan döstlik şartnomasi imzolaydi. Şartnomada agar yaponlar hujum qilgudek bölsa, tomonlar bir-biriga harbiy kömak berişi nazarda tutilgan edi.

Xuddi şu şartnoma bilan Rossiyaga Mançjuriya şimoli böylab Vladivostokkaça temiryöl tortişga ruxsat beriladi. Şuningdek, ruslar özi uçun muhim hisoblangan Port-Artur va Dalniy portlari joylaşgan Lyaondun yarimorolini ham Xitoydan 25 yilga ijaraga oladi.