Manxettenda tarixda binoning eng yirik rejalashtirilgan buzilishi amalga oshiriladi
Nyu-Yorkning Manxetten tumanida balandligi 215 metr keladigan osmono‘par bino buzib tashlanmoqchi. Katta ko‘lamli operatsiya insoniyat tarixida inshootning eng yirik rejalashtirilgan buzilishi bo‘ladi, deb ta'kidlamoqda Dezeen.
270 Park Avenue manzili bo‘yicha joylashgan bino 1960-yillarda o‘sha davrning yetakchi ayol arxitektorlaridan biri Natali de Blua loyihasiga ko‘ra qurilgan. Bino Grand Central vokzali yonida joylashgani sabab uning birinchi qavatini yerdan qoziqlar yordamida ko‘tarishga to‘g‘ri kelgan. 25 qavatli ushbu bino JPMorgan Chase Tower nomi bilan ham mashhur.
Biroq JPMorgan Chase banki binoning o‘rnida yanada balandroq va zamonaviyroq bino qurish mumkin degan qarorga kelgan.
Bino 2019 yil davomida buzib boriladi, 2024 yilda esa uning o‘rnida 150 metr balandroq va 18 ta qavat ko‘proq bino qad rostlaydi. Yangi binoda JPMorgan’ning 9 ming xodimi ishlaydi. Hozirgi binoda 6000 kishi ishlamoqda.
Bankirlarning ushbu rejasi ko‘plab arxitektorlarning tanqidiga uchragan. Ular de Blua binosini butun Park-avenyu ko‘chasidagi eng “ulug‘vor” binolardan biri deb atashmoqda.
Mavzuga oid
00:29 / 16.06.2017
Manxettenda haydovchi odamlarni bosib ketishi oqibatida 10 kishi jarohat oldi
10:06 / 15.03.2017
NYT: Trampning kuyovi Nyu-Yorkdagi binoni pullamoqchi
09:19 / 14.12.2016
Manxetten osmonida parvoz qilgan “harbiy samolyot” Nyu-York aholisini qo‘rqitib yubordi
06:58 / 18.09.2016